O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
SOBIQ SSR ITTIFOQINING QONUNGA OID HUJJATLARINI QAYTA KO‘RIB CHIQISH ISHLARINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining tegishli normativ hujjatlari qabul qilingunga qadar sobiq SSR Ittifoqining qonunga oid hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunchiligiga zid bo‘lmagan qismlarining amal qilishi davom etadi.
2. Vazirliklar, idoralar, konsernlar:
o‘zlari ilgari chiqargan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq bo‘lmagan yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning o‘zgarganligi munosabati bilan o‘zining muhimligini yo‘qotgan idoraviy hujjatlarini ekspert baholashidan keyin bekor qilsinlar yoki o‘zgartirsinlar;
Vazirlar Mahkamasining sobiq SSSR Hukumatining qarorlari asosida qabul qilingan qonunga oid hujjatlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish bo‘yicha 2 oy muddat ichida takliflar tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasining tegishli bo‘limlariga taqdim etsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan masalalar bo‘yicha vazirliklar va idoralarning ishini muvofiqlashtirishni ta’minlasin.
3. Yuridik bo‘lim (o‘rtoq Hamedov) bir oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasining qonunga oid amaldagi hujjatlarini ro‘yxatga olish va tartibga solish bo‘yicha maxsus guruhning tarkibi va ish rejasi to‘g‘risida takliflar kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 29-aprel,
210-son