O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1654-2]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2018-yil 29-dekabrdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 12-yanvardagi 2/1, 2-son “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi (ro‘yxat raqami 1654, 2007-yil 15-yanvar) va 2016-yil 28-dekabrdagi 6, 43-son “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 12-bandiga o‘zgartish kiritish haqida”gi (ro‘yxat raqami 1654-1, 2017-yil 5-yanvar) qarorlarini Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 28-dekabrdagi 33/01-01/3702-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 12-yanvardagi 2/1, 2-son “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi (ro‘yxat raqami 1654, 2007-yil 15-yanvar) va 2016-yil 28-dekabrdagi 6, 43-son “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 12-bandiga o‘zgartish kiritish haqida”gi (ro‘yxat raqami 1654-1, 2017-yil 5-yanvar) qarorlari davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-dekabr,
584-mh-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/1654-2/2418-son)