|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.07.2026
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik institutini tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining sanoat salohiyatini oshirish, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik institutini (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)
elektr energetikasi, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish, konchilik ishi, konchilik elektr mexanikasi, mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish, kimyoviy texnologiya yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash;
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilg‘or xorijiy texnologiyalarni sinab ko‘rish va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish va ishlanmalarni amalga oshirish;
o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)
4. Belgilansinki, Institut Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida zarur shaxsiy hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)
6. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki hafta muddatda:
Filialning ustavi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Filialning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalarining katta amaliy tajribaga ega mutaxassislaridan iborat bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini;
Filial uchun moslashtirilgan o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
Filialda o‘quv-metodik jarayonni samarali tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Institutiga xizmat safariga yuborilgan pedagoglar va ularning oila a’zolarini pedagoglar Filialda ishlagan davrda turar joy bilan ta’minlash, ularning farzandlarini maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga joylashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)
9. Quyidagilar Institutning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil va undan keyingi yillarga mo‘ljallangan parametrlarini shakllantirishda Institutni saqlash xarajatlari uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)
Institutga 2 ta, shu jumladan, 1 ta shaxsiy va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlashga limit ajratilishini ta’minlasin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)
12. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Filialda axborot va multimedia uskunalari qo‘llanilgan, shu jumladan, masofadan o‘qitishni nazarda tutgan holda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha aniq tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultonov, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori Q.S. Sanaqulov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-noyabr,
925-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2018-y., 09/18/925/2183-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)