O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 30-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 27-sentabrda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 216-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) 4-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“mikroqarz berish”;
o‘n birinchi xatboshi o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 15-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “tegishli ruxsatnoma olgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 72-modda birinchi qismining:
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 275-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha operatsiyalarni bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga kirish;
bojxona masalalari bo‘yicha bojxona organlaridan axborot va maslahatlar olish;
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish niyati to‘g‘risida bojxona organlarini xabardor qilish;
dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;
deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona omborlariga bojxona nazorati ostida joylashtirish”;
beshinchi xatboshisi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin;
5) 277-moddaning to‘rtinchi — yettinchi qismlari chiqarib tashlansin;
6) 278, 279 va 280-moddalar chiqarib tashlansin;
7) 282-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“deklarant yoki vakolatli shaxs oldidagi o‘z fuqarolik javobgarligini eng kam oylik ish haqining ming baravari miqdorida sug‘urtalashi”;
8) 283-modda chiqarib tashlansin;
9) 284-moddadagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan berilgan malaka attestatiga ega bo‘lgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
10) 285-modda chiqarib tashlansin;
11) 286-modda birinchi qismining “e” kichik bandi chiqarib tashlansin;
12) 287-modda birinchi qismining “l” va “m” kichik bandlari chiqarib tashlansin;
13) 291-modda birinchi qismining:
o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
14) 336-moddaning birinchi qismidagi “278” raqami chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-oktabr,
O‘RQ-494-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son; 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)