|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
TOShKENT QIShLOQ XO‘JALIGINI IRRIGATSIYALASh VA MEXANIZATSIYALASh INJENERLARI INSTITUTIDA INJENER KADRLAR TAYYORLAShNI TAKOMILLAShTIRISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika agrosanoat kompleksi uchun injener kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, respublika xo‘jaliklarida ilg‘or mamlakatlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining zamonaviy darajasiga javob beruvchi melioratsiya tadbirlarini, yangi texnologiyalar va texnika vositalarini tatbiq etishni, kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar sohasiga bozor munosabatlarini joriy etishni, shuningdek, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent qishloq xo‘jaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash injenerlari instituti yagona yaxlit o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish kompleksi (UNPK TIIIMSX) sifatida bosh institut, uning Qarshi filiali va O‘rta Chirchiq nohiyasining To‘ytepa shahridagi o‘quv-tajriba xo‘jaligi tarkibida saqlab qolinsin.
2. Toshkent qishloq xo‘jaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash injenerlari instituti o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish kompleksining o‘quv-tajriba xo‘jaligiga ishlab chiqarilgan paxta tolasining faqat 85 foizi hajmi uchun davlat buyurtmasi belgilansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi Toshkent qishloq xo‘jaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash injenerlari instituti o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish kompleksi xarajatlarining hisobini har yili belgilayotganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarga va kompleksning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarf-xarajatlarning bir qismini o‘quv-tajriba xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan foyda hisobidan qoplashni nazarda tutsinlar.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 5-fevral,
47-son