Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-sentabrdagi 565-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni ijrosini taʼminlash, yurtimizda Qurʼon ilmi, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud boʻlgan sohalar boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Din ishlari qoʻmitasi deb ataladi) muassisligidagi yetakchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblangan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
islomshunoslik, dinshunoslik, din psixologiyasi, islom iqtisodiyoti, manbashunoslik, xalqaro munosabatlar va ehtiyoj mavjud boʻlgan boshqa sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlash;
taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik texnologiyalarni, ilm-fan va texnikaning soʻnggi yutuqlarini hamda yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida ishlab chiqilgan taʼlim dasturlarini joriy etish;
vijdon erkinligi va konfessiyalararo bagʻrikenglikni taʼminlash, radikallashuv, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish hamda diniy sohadagi davlat siyosatining asoslariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
diniy-maʼrifiy yoʻnalishda ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, internet tarmogʻida taʼlim resurslarini joylashtirish va muntazam yangilab borish;
talabalarda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash, taʼlim-tarbiya jarayoni hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish;
mamlakatimizda va xorijda diniy sohada faoliyat olib borayotgan ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-sentabrdagi 565-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-sentabrdagi 565-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Din ishlari qoʻmitasi Akademiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Akademiya oʻz faoliyatida bevosita Din ishlari qoʻmitasi oldida hisobdordir;
(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Akademiyaning ixtisoslashgan maktab, akademik litsey, bakalavriat va magistratura bosqichlari bitiruvchilariga beriladigan davlat namunasidagi hujjatlar (shahodatnoma yoki diplom) Oʻzbekiston Respublikasida muayyan mutaxassisliklar boʻyicha tegishlicha umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat deb eʼtirof etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Akademiyaning bakalavriat va magistraturasiga qabul qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida qabul kvotalari asosida amalga oshiriladi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi F-36-sonli “2024/2025 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Akademiya magistraturasiga oliy taʼlim muassasalarining kamida bakalavr darajasi diplomiga ega boʻlgan hamda Akademiyada tayyorlanadigan mutaxassisliklar ixtisosligiga mos keladigan yoʻnalishlarni bitirgan Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar fuqarolari qabul qilinadi.
Akademiya bitiruvchilariga umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalarida sohaga tegishli fanlar boʻyicha pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqi beriladi.
5. Akademiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga moliyalashtirilishi inobatga olinsin:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
muassislar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Din ishlari qoʻmitasi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
a) bir oy muddatda:
Akademiya ustavini tasdiqlash, shuningdek, uni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish choralarini koʻrsin;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-sonli “Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Toshkent islom universiteti va Oʻzbekiston islom akademiyasi negizida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan ularning professor-oʻqituvchilari va xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin;
b) Toshkent islom universitetida tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim olayotgan talabalar 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Akademiyada tashkil etilayotgan taʼlim yoʻnalishlari (ziyorat turizmi, xalqaro munosabatlar, mumtoz sharq filologiyasi, islom tarixi va manbashunosligi)ning tegishli ravishda 2, 3 va 4-kurslarida oʻqishni davom ettirishlarini taʼminlasin.
v) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
attestatsiya natijalari boʻyicha lavozimidan ozod qilinadigan xodimlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa tashkilotlarga mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashtirilishiga koʻmaklashsin;
Akademiyada tayyorlanadigan mutaxassisliklar uchun malaka talablarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Toshkent islom universitetining tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim olib, uni 2017/2018 oʻquv yillarida bitirayotgan 4-kurs bakalavriat bosqichi hamda 2-kurs magistratura bosqichi talabalariga oʻrnatilgan tartibda tegishli yoʻnalish va mutaxassislik boʻyicha Toshkent islom universitetining bakalavrlik va magistrlik diplomlari beriladi;
Toshkent islom universitetining oʻqishni boshqa oliy taʼlim muassasalarida davom ettirish istagini bildirgan 2 va 3-kurs talabalarining oʻqishlarini koʻchirish Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga muvofiq, ular tahsil olgan davlat granti yoki toʻlov-kontrakti asosidagi taʼlim shaklini saqlab qolgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Din ishlari qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblariga binoan Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturining 2019-yil va keyingi yillar uchun moʻljallangan parametrlarini shakllantirishda Akademiyaning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash hamda jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobiga mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
9. Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi Akademiya uchun quriladigan va unga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan binolarni rekonstruksiya qilish, mukammal (kapital) taʼmirlash hamda jihozlash boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
Bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda tender yoki tanlov oʻtkazish natijalari asosida aniqlansin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom.
10. Toshkent shahar hokimligi Akademiyaning respublikaning boshqa hududlaridan kelib taʼlim olayotgan talabalarining turar joyga boʻlgan ehtiyojini inobatga olib, Akademiyaga yaqin boʻlgan hududdan talabalar turar joyi uchun mos bino ajratish yuzasidan bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda:
yetakchi xorijiy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari professor-oʻqituvchilari va mutaxassislarini Akademiyada maʼruza oʻqish, ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazishga jalb qilish;
Akademiya professor-oʻqituvchilarini xorijiy davlatlarning taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalariga ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish, malaka oshirish hamda tajriba orttirish uchun yuborish choralarini koʻrsin.
12. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Akademiyaga talabalar taʼlim shaklidan qatʼi nazar, kasbiy (ijodiy) imtihon hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari orqali qabul qilinsin. Bunda kasbiy (ijodiy) imtihon Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati boʻyicha oʻtkazilsin;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-sentabrdagi 565-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari Akademiya iqtidorli talabalariga ham tatbiq etilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Akademiyaning bakalavriat va magistratura bosqichlarini bitirgan talabalar oʻz ixtisosligi boʻyicha davlat hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga ishga qabul qilinishida davlat taʼlim muassasalari bitiruvchilari bilan teng huquqqa ega boʻladilar;
(12-bandning toʻrinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-sentabrdagi 565-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)
Akademiyaga 3 ta, shu jumladan 1 ta xizmat, 1 ta navbatchi va 1 ta maxsus avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
13. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Akademiya faoliyatini rivojlantirish, ilmiy-pedagogik hamkorlik oʻrnatish yuzasidan xizmat safarlariga boradigan Akademiya rahbarlari va xorijiy mutaxassislarga hamda ushbu muassasa tomonidan kelgusida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadigan yuqori martabali mehmonlarga Akademiyaning buyurtmanomalariga muvofiq Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining VIP va SIP zallari orqali belgilangan tartibda xizmat koʻrsatilishini taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Akademiyani saqlash xarajatlarini 2018-yilda ijtimoiy soha boʻyicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida ajratsin, 2019-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda:
Akademiya bilan birgalikda “Islomshunoslik” taʼlim sohasi va unga taalluqli yoʻnalishlarni (bakalavriat) hamda mutaxassisliklarni (magistratura) joriy etish va uni Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda Akademiyada oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun salohiyatli va yuqori malakali professor-oʻqituvchilarni jalb etish, Akademiyani oʻquv rejalari va dasturlari hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalar va materiallar bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Akademiya faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida Akademiyani aloqa vositalari, keng qamrovli Internet tarmogʻi va boshqa texnik vositalar bilan belgilangan tartibda taʼminlash choralarini koʻrsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi J.K. Akramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-iyun,
466-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-sentabrdagi 565-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2018-y., 09/18/466/1386-son; 22.11.2019-y., 09/19/922/4050-son; 06.06.2020-y., 09/20/358/0725-son, 07.11.2020-y., 09/20/693/1476-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 15.07.2022-y., 09/22/386/0637-son; 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son; 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)