Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasining neft va gazga boy Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
Geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish va uglevodorod xom ashyosi zaxiralari o‘sishini ta’minlash, shuningdek, tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish uchun ishlarni boshlab qo‘yish maqsadida:
1. “O‘zbekneftgaz” MXKning 2017 — 2019-yillarda neft va gazga boy Ustyurt mintaqasi markaziy qismidagi Berdaq va Quanish-Koskala ko‘tarma g‘ovlarida hisoblab chiqilgan qiymati 456,8 million AQSH dollari miqdoriga teng geologiya-qidiruv ishlari (keyingi o‘rinlarda — geologiya qidiruv ishlari)ni olib borish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Quyi Yura yotqiziqlarining neft va gazga boyligini ta’minlash sifatli baholash va uning istiqbollarini tasdiqlash uchun “O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlari asosida ilgari ochilgan konlar (Arslon, Inom, Sayxun va boshqa konlarda) hisoblab chiqilgan qiymati 157,7 million AQSH dollariga teng Quyi Surgil (2 quduq), Quyi Shimoliy Berdaq (2 quduq) va daryo strukturalarida (1 quduq) beshta birinchi navbatdagi qidiruv quduqlari hamda 14 ta qidiruv-razvedka quduqlarini I bosqichda 2017-yil qurib bitkazish;
2018-2019-yillardagi II bosqichda I bosqichdagi geologiya-qidiruv ishlarining natijalariga ko‘ra 2D va 3D usuli bilan seysmik razvedka hamda elektrorazvedka ishlarini o‘tkazish, hisoblab chiqilgan qiymati 299,1 million AQSH dollariga teng qo‘shimcha 51 ta qidiruv-razvedka quduqlarini bosqichma-bosqich burg‘ulash va qurilishni nihoyasiga yetkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
3. “O‘zbekneftgaz” AJ tashkilotlari, istisno tariqasida, 2017 — 2019-yillar davrida ushbu qarorda ko‘zda tutilgan geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazishga yo‘naltiriladigan xorijiy valyutadagi xarajatlar summasiga teng valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan ozod qilinsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. “O‘zbekneftgaz” AJ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan kelishilgan holda geologiya-qidiruv ishlarining har yilgi dasturi tasdiqlanishini ta’minlasin, bunda:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)
loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish uchun mablag‘larga bo‘lgan talab ehtiyojni, uning parametrlarini va qidiruv razvedka quduqlari qurilishini tugallash qiymatini aniqlash;
geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
5. “O‘zbekneftgaz” AJga, istisno tariqasida, ushbu qarorni amalga oshirish doirasida mahsulot tayyorlovchi zavodlar yoki ularning rasmiy vakillari bilan, tender savdolari o‘tkazmasdan, vakolatli organlarda belgilangan tartibda narxlarni ekspertizadan o‘tkazgan holda asbob-uskunalar va moddiy-texnika resurslarini xarid qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat etilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. “O‘zbekneftgaz” AJ Kuzatuv kengashi (G‘.I. Ibragimov) ushbu qarorda nazarda tutilgan obyektlarning belgilangan muddatda ishga tushirilishini ta’minlagan holda geologiya-qidiruv ishlarining vaqtida amalga oshirilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-fevral,
PQ-2755-son