Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISH HAMDA ULAR TOMONIDAN SAVDO FAOLIYATI AMALGA OSHIRILISHINI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2002-YIL 26-NOYABRDAGI 407-SON QARORIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yuridik va jismoniy shaxslarning ulgurji savdo qilish bilan bogʻliq faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2004-yil 1-avgustdan boshlab ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar eng kam oylik ish haqining kamida 4600 baravari miqdorida ustav fondiga ega boʻlishlari, undan eng kam oylik ish haqining kamida 1530 baravari miqdoridagisi pul mablagʻlari boʻlishi shartligi haqidagi tartib joriy etilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda):
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “6000” va “2000” raqamlari tegishli ravishda “4600” va “1530” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ulgurji va chakana savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomning (qarorga ilova) 6-bandidagi “6000” va “2000” raqamlari tegishli ravishda “4600” va “1530” raqamlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-iyul,
340-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 331-modda)