Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PF-5044-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash va “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Oʻzbekgidroenergo” AJ ustav kapitalini belgilangan tartibda shakllantirish va taʼsis hujjatlarini tasdiqlashni taʼminlasin.
5. “Oʻzbekgidroenergo” AJ emission qimmatbaho qogʻozlarini chiqarishni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yigʻimi va qimmatbaho qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqishga toʻlanadigan yigʻimidan ozod etilsin.
6. “Oʻzbekgidroenergo” AJga:
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda respublikamizda va xorijda, shu jumladan, xorijning yetakchi injiniring, konsalting va qurilish kompaniyalari bilan hamkorlikda konsorsiumlar va ixtisoslashgan shuʼba korxonalar tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
yangi gidroelektrostansiyalar qurish va faoliyat koʻrsatayotganlarini modernizatsiya qilishda qatnashishga xorij mutaxassislarini doimiy va vaqtinchalik asosda jalb etish, ularning faoliyatiga toʻlanadigan haqni milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlashga ruxsat berilsin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
7. Quyidagilar:
“Oʻzbekgidroenergo” AJning investitsiya loyihalari boʻyicha loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha “Gidroloyiha” AJ bosh loyiha tashkiloti;
xalqaro moliya tashkilotlari va donor-mamlakatlar tartiblariga muvofiq amalga oshirilayotgan loyihalar bundan mustasno boʻlgan holda, “Oʻzbekgidroenergo” AJ obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha “ToʻpolangsuvGESqurilish” MCHJga bosh pudrat tashkiloti vazifasi yuklansin.
8. “Gidroloyiha” AJga “Oʻzbekgidroenergo” AJ bilan kelishgan holda, investitsiya loyihalari doirasida loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga, ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshirgan holda, gidroenergetika obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish doirasida pudratchilar sifatida eng yaxshi mahalliy va xorijiy ixtisoslashtirilgan loyiha hamda injiniring kompaniyalarini, shuningdek, yetakchi mutaxassis va ekspertlarni jalb etish huquqi berilsin.
9. “Oʻzbekgidroenergo” AJga gidroenergetika sohasida idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlashda hamda ularni respublikamizning oliy taʼlim muassasalarida va kasb-hunar kollejlarida tayyorlashni tashkil qilish boʻyicha masʼul organ vazifasi yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
ikki oy muddatda yangilangan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasb Klassifikatori” asosida gidroenergetika sohasida malakali kadrlarni tayyorlashda oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, yoʻnalishlari, kasb va ixtisosliklari boʻyicha roʻyxati, ularni amalga oshiradigan oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini aniqlash, ular boʻyicha taʼlim standartlarini, oʻquv rejalari va dasturlarini zamonaviy talablar va xalqaro tajribani inobatga olgan holda, gidroelektrostansiyalar, gidrotexnik va boshqa gidroenergetika bilan bogʻliq korxonalar va tashkilotlarda oʻqitish, amaliyot oʻtashi va tajriba orttirishi majburiyatini hisobga olgan holda, qaytadan tanqidiy koʻrib chiqsin;
har yili ixtisoslashgan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari qabul kvotasini shakllantirishda 2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturini hisobga olgan holda, gidroenergetika sohasini malakali kadrlarga boʻlgan real ehtiyoji inobatga olinsin;
oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini gidroenergetika sohasidagi korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirishni nazorat qilishning taʼsirchan mexanizmini va rahbarlarning, avvalambor oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbarlarining masʼuliyatini kuchaytirishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. “Oʻzbekgidroenergo” AJ Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 22-uy manziliga joylashtirilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-oktabrdagi PQ-3310-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2017-y., 07/17/3310/0065-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzbekgidroenergo” AJni belgilangan tartibda zarur boʻlgan telekommunikatsiya va telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarordan kelib chiqqan holda, muvofiqlashtirsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-may,
PQ-2972-son
Oldingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 418-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2017-y., 07/17/3310/0065-son; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)