Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PATENT BOJLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI VA PATENT BOJLARI STAVKALARINI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2002-yil 14-iyundagi 209-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. Belgilansinki, ular bo‘yicha ish yuritish tugallanmagan ixtirolar yoki sanoat namunalariga dastlabki patentlar berishga, shuningdek amal qilish muddati tamom bo‘lmagan ixtirolar yoki sanoat namunalariga dastlabki patentlar berishga buyurtmanomalar “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri kuchga kirgan kundan boshlab olti oy mobaynida tegishli patent bojlari to‘langan taqdirda ariza beruvchi yoki patent egasining iltimosiga ko‘ra patent berish uchun buyurtmanomalarga aylantirilishi mumkin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalari rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun undiriladigan ro‘yxatga olish yig‘imlarining miqdorlari to‘g‘risida” 1995-yil 21-avgustdagi 331-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 8-son, 30-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari H.S.Karomatov va R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 14-oktabr,
357-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 19-son, 151-modda; 2003-y., 13-son, 103-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)