Hujjat 13.03.2017 12 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Barcha dorixonalarda boʻlishi majburiy boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2846-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-son “Aholini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2016-yil 21-noyabrdagi 71-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2846, 2016-yil 6-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 49-son, 561-modda) bilan tasdiqlangan Barcha dorixonalarda boʻlishi majburiy boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2017-yil 13-martdan kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-fevral,
79-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 16-fevraldagi 79-son buyrugʻiga
ILOVA
Barcha dorixonalarda boʻlishi majburiy boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1, 3, 5, 8, 10, 12, 18, 20 23, 25 — 27, 30 — 34, 36, 37, 39 — 46, 49, 52, 53, 55, 56, 58 — 62, 64, 66, 68 — 70-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2.

Azitromitsin yoki Klaritromitsin

tabletkalar yoki kapsulalar yoki suspenziya

”.

3. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

7.

Ambroksol yoki Bromgeksin yoki Pertussin yoki Mukaltin yoki dorivor Altey yoki oddiy Qizilmiya ildizi yoki Togʻrayxon oʻti

tabletkalar yoki sirop yoki eritma yoki oʻsimlik xomashyosi

”.

4. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

11.

Amoksitsillin yoki Ampitsillin

tabletkalar yoki kapsulalar yoki suspenziya tayyorlash uchun kukun

”.

5. 13-banddan “(Askorutin)” degan soʻz chiqarib tashlansin.
6. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

15.

Atsetilsalitsil kislotasi yoki Paratsetamol

tabletkalar yoki sirop

”.

7. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

17.

Bendazol yoki Papaverin yoki Drotaverin

tabletkalar yoki suppozitoriylar

”.

8. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

19.

Valeriana ildizi va ildizpoyasi yoki Arslonquyruq oʻti yoki Limon oʻti bargi yoki Doʻlana mevasi

nastoyka yoki oʻsimlik xomashyosi yoki qobiq bilan qoplangan tabletkalar

”.

9. 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

29.

Yod 5% spirtli eritma yoki Malaxit koʻki 1% spirtli eritma yoki Etil spirti 70% suvli eritma

eritma

”.

10. 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

35.

Klotrimazol yoki Nistatin yoki Flukonazol

tabletkalar yoki krem yoki surtma

”.

11. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

38.

Loperamid yoki Metoklopramid

tabletkalar yoki kapsulalar

”.

12. 50-banddan “(Erinit)” degan soʻz chiqarib tashlansin.
13. 54-banddan “(Sulfatsil natriy)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
14. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2017-yil 16-fevral
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2017-yil 16-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 8-son, 123-modda)