|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 17.01.2001
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI O‘RMON XO‘JALIGI BOSh BOShQARMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA” 2000-YIL 20-MARTDAGI 98-SON QARORIGA 1-ILOVAGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar ro‘yxatiga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-martdagi 98-son qaroriga 1-ilova) quyidagilar kiritilsin:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha
O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi huzuridagi “Mashina-traktor parki” korxonasi
Buxoro viloyati bo‘yicha
Shofirkon o‘rmon xo‘jaligi uchastkasi
Peshku o‘rmon xo‘jaligi uchastkasi
Romiton o‘rmon xo‘jaligi uchastkasi
Jizzax viloyati bo‘yicha
Jizzax o‘rmon xo‘jaligi
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha
Bahoriston o‘rmon xo‘jaligi uchastkasi
Muborak o‘rmon xo‘jaligi
Koson o‘rmon xo‘jaligi uchastkasi
Samarqand viloyati bo‘yicha
Samarqand o‘rmon xo‘jaligi
Nurobod o‘rmon xo‘jaligi uchastkasi
Sirdaryo viloyati bo‘yicha
Bobur nomidagi o‘rmon xo‘jaligi uchastkasi
Toshkent viloyati bo‘yicha
O‘rmon meliorativ texnikumi
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 16-may,
191-son