Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 32-son, 270-modda) 2-ilovada:
a) 63-bandning “Uzunligi, km” ustunidagi “12” raqami “23” raqami bilan almashtirilsin;
b) “Jami davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llari” qatorining “Uzunligi, km” ustunidagi “14089” raqami “14100” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 16-avgust,
264-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 33-son, 397-modda)