Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.10.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YAPONIYA FUQAROLARI UCHUN VIZA TARTIBOTLARINI SODDALASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirish, amaliy va turistik maqsadlar bilan O‘zbekiston Respublikasiga keluvchi Yaponiya fuqarolariga vizalarni rasmiylashtirish tartibotlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
amaliy maqsadlar bilan O‘zbekistonga keluvchi Yaponiya fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasining chet el muassasalarida bir yilgacha muddat bilan ko‘p martalik vizalarni, O‘zbekiston Respublikasiga taklif etuvchi yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaatnomasini talab etishni bekor qilgan holda, 2 ish kuni (hujjatlar qabul qilib olingan kundan tashqari) mobaynida rasmiylashtirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
2. O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari o‘zlarining idoraviy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 22-iyul,
259-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 14-son, 110-modda; 2017-y., 15-son, 257-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)