Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.05.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning 3-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 29-iyulda 2452-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2019-yil 12-apreldagi 61-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2452-1, 01.05.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Texnika texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqi miqdoridan:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga — 0,18;
qishloq xoʻjaligi mashinalariga — 0,10;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga — 0,37 miqdorda yigʻim undiriladi.”.
2. Mazkur buyruq “Oʻzagromashservis” uyushmasi va Oʻzbekiston Fermerlari Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. TEShAYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 23-iyul,
14-son
Kelishilgan:
“Oʻzagromashservis” uyushmasi raisi B. ABDUQODIROV
2015-yil 13-iyul
Oʻzbekiston Fermerlari Kengashi raisi S. TURDIYEV
2015-yil 13-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 30-son, 402-modda)