Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining 1979-yil 18-dekabrda Nyu-Yorkda qabul qilingan Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilishi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1979-yil 18-dekabrda Nyu-Yorkda qabul qilingan Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-may,
87-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 135-modda)