Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 29-maydagi PF-3078-son Farmonini bajarish va import operatsiyalarini boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish, import boj poshlinalarini unifikatsiya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 161-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-yanvardagi 16-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 5-son, 19-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-yanvardagi 4-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 1-2-son, 12-modda)
4. Idoralararo boj-tarif Kengashi (E.M. G‘aniyev) o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va importi tarkibi hamda hajmlarining mutanosibligi ustidan doimiy monitoringni ta’minlasin va zarurat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasiga tashqi savdo operatsiyalarini tarif bilan va tarifsiz tartibga solish yuzasidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rishga doir takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-noyabrdagi 330-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 48-49-son, 536-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. Vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda o‘z normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 31-may,
189-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 31-maydagi 189-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son)
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori 5-bandining beshinchi xatboshi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 2-fevraldagi 66-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 9-modda) 1 va 2-bandlari, shuningdek 1-ilovasi 2002-yil 1-iyuldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 10-son, 84-modda; 14-son, 111-modda; 2003-y., 20-son, 187-modda; 2004-y., 1-2-son, 12-modda; 2008-y., 5-son, 19-modda, 19-son, 161-modda; 2012-y., 48-49-son, 536-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son)