Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ChET ELGA BORISh UChUN RUXSAT BERISh YoZUVINING YoPIShTIRILADIGAN STIKERINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining pasport tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning chet elga borishi tartibini takomillashtirish, shuningdek chet elga borishga ruxsat beruvchi yozuvlarni soxtalashtirish faktlarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Chet elga vaqtinchalik borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikeri namunasi hamda chet elga doimiy yashash uchun borishda ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikeri namunasi 1-2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin va 2002-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritilsin.
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Belgilab qoʻyilsinki, chet elga borish uchun pasportdagi ilgari rasmiylashtirilgan belgilar ushbu belgilarda nazarda tutilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi uch oy muddatda Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomasiga binoan, chet elga borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikyerlari blankalarini zarur miqdorda tayyorlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2002-yilda chet elga borish uchun ruxsat beradigan yozuvlarning yopishtiriladigan stikyerlari blankalarini tayyorlash va zarur texnika vositalari sotib olish xarajatlarini tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida amalga oshirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2003-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzishda Ichki ishlar vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun zarur budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar oʻzlarining idoraviy normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Z.A.Almatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 25-may,
181-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 25-maydagi 181-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari Tartibi II boʻlimining 2-bandida:
birinchi xatboshidagi “uning pasportiga ikki yil muddatga chet elga borish uchun amal qiladigan tegishli belgi qoʻyadilar” soʻzlari “uning pasportiga chet elga vaqtinchalik borish uchun ikki yil davomida amal qiladigan ruxsat berish yozuvi stikerini yopishtiradilar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Doimiy yashash uchun chet elga ketayotgan shaxslarga ichki ishlar organlari ularning pasportidagi vizalar uchun nazarda tutilgan betga doimiy yashash uchun chet elga borishga ruxsat berish yozuvi stikerini amal qilish muddatini koʻrsatmasdan yopishtiradilar. Doimiy yashash uchun chet elga ketayotgan shaxslar uchun hujjatlarni koʻrib chiqish muddati 30 sutkagacha uzaytirilishi mumkin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari Tartibining 16-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Ichki ishlar organlari xorijiy fuqaroning anketa-arizasini 15 sutka mobaynida koʻrib chiqadilar va uning milliy pasportiga chet elga vaqtinchalik ketish uchun ikki yil mobaynida amal qiladigan ruxsat berish yozuvi stikerini yopishtiradilar.
Ichki ishlar organlari fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning anketa-arizasini 15 sutka mobaynida koʻrib chiqadilar, shundan keyin unga yashash uchun ruxsatnoma oʻrniga Xorijiy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnomasi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi beriladi. Ichki ishlar organlari rasmiylashtirilgan guvohnomaga chet elga vaqtinchalik borish uchun ikki yil mobaynida amal qiladigan ruxsat berish yozuvi stikerini yopishtiradilar.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vaqtinchalik borish uchun ruxsat berish yozuvi stikeri yopishtirilgandan keyin ikki yillik muddat mobaynida, ichki ishlar organlarini xabardor qilgan holda, chet elga bir necha marta borishlari mumkin.
Ichki ishlar organlari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va chet elga doimiy yashash uchun ketishni moʻljallayotgan xorijiy fuqarolarning yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning anketa-arizasini 15 sutka mobaynida koʻrib chiqadilar. Hujjatlarni koʻrib chiqish muddati istisno hollarda 30 sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs chet elga doimiy yashash uchun ketayotganda ichki ishlar organlari ularning hujjatlariga doimiy yashash uchun chet elga borishga ruxsat berish yozuvi stikerini amal qilish muddatini koʻrsatmasdan yopishtiradilar”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 10-son, 80-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)