|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “ASOSIY QIYMAT VA MODDIY BALANSLARNI TASDIQLASH TARTIBI VA MUDDATLARI TO‘G‘RISIDA” 1998-YIL 19-AVGUSTDAGI 355-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Asosiy moddiy balanslarni tasdiqlash tartibi va muddatlari to‘g‘risida” 2003-yil 29-sentabrdagi F-1845-son farmoyishiga muvofiq hamda ishlab chiqiladigan, tasdiqlanadigan va hisoblab chiqiladigan qiymat va moddiy balanslarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinnng “Asosiy qiymat va moddiy balanslarni tasdiqlash tartibi va muddatlari to‘g‘risida” 1998-yil 19-avgustdagi 355-son qaroriga 1-ilovaning “Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi” bo‘limining 4-bandi, “Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tasdiqlanadi” bo‘limining 2-bandi, shuningdek qarorga 1.1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 29-sentabr,
415-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 17-18-son, 160-modda)