|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TELEKOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDAGI FAOLIYATNI LITSENZIYALASH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga muvofiq, shuningdek telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
2. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi:
ikki hafta muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida xulosalar tayyorlash yuzasidan ekspert komissiyaning tarkibini va komissiya haqidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2004-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga ilgari berilgan litsenziyalarni xatlovdan o‘tkazsin hamda litsenziatlar o‘z faoliyatini mazkur qarorga binoan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlashtirishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-sentabr,
413-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 17-18-son, 158-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)