|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 6-iyundagi 907-II-sonli “Toshkent shahar Hamza tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 29-avgustdagi SQ-441-II-sonli “Toshkent shahar Hamza tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining tuzilmasining “Toshkent shahri” boʻlimidagi “Hamza” soʻzlari “Yashnobod” soʻzlariga almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman, tumanlararo, shahar sudlarining tuzilmasining (yurisdiksiya hududi) “Toshkent shahri” boʻlimidagi “Hamza” soʻzi “Yashnobod” soʻziga almashtirilsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B. Kokanbayev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 8-sentabr,
PF-4651-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 37-son, 464-modda)