|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 17.11.2011
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NAZORAT-KASSA MAShINALARIDAN FOYDALANIShDA JAVOBGARLIKNI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Nazorat-kassa mashinalarining texnik holati va ularning toʻgʻri qoʻllanilishi uchun javobgarlikni oshirish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda ulardan noqonuniy foydalanish hollarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, nazorat-kassa mashinalarini mamlakatimizda ishlab chiqaruvchilar, ularni yetkazib beruvchilar va ulardan foydalanuvchilar, shuningdek ularga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash korxonalari foydalanilayotgan nazorat-kassa mashinalarining belgilangan texnik talablarga muvofiqligi, mashinaning daromad yashirilishiga koʻmaklashuvchi fiskal xotirasiga xizmat koʻrsatuvchi dasturning noqonuniy oʻzgartirilganligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
3. Nazorat-kassa mashinalariga texnik xizmat koʻrsatishni va ularni taʼmirlashni amalga oshiruvchi korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ularni taʼmirlash hamda plombalash boʻyicha talablarga qatʼiy rioya etilishi uchun javob beradilar, fiskal xotiraga xizmat koʻrsatish dasturlarining noqonuniy oʻzgartirilishi hollari toʻgʻrisida soliq organlariga darhol xabar qilishlari shart.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yangi nizomni ushbu qarorga muvofiq ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash va ulardan foydalanishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Azizov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 23-may,
230-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 9-10-son, 78-modda; 2006-y., 27-son, 250-modda; 46-47-son, 458-modda)