|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.10.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
FRANSIYA RESPUBLIKASI FUQAROLARI UCHUN VIZA TARTIBOTLARINI SODDALASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Fransiya Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirish, ishbilarmonlik va turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurayotgan Fransiya Respublikasi fuqarolari uchun vizalarni rasmiylashtirish tartibotlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
ishbilarmonlik maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurayotgan Fransiya Respublikasi fuqarolari uchun bir yil muddatga ko‘p martalik vizalarni, O‘zbekiston Respublikasidagi taklif qilayotgan yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishiga doir talabni bekor qilgan holda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasalarida 2 ish kunida rasmiylashtirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-yanvardagi PF-5610-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
2. O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari o‘z idoraviy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-fevral,
107-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 4-son, 40-modda; 2017-y., 15-son, 257-modda)