Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini yanada takomillashtirish, shuningdek ularni tashish boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlarning xavfsizligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ 9. Yangi yoʻnalishlarni tashkil etish (ochish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
a) shaharlarda — shaharlar hokimliklari yoki shahar yoʻlovchilar tashish transportini boshqarish organlari tomonidan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan yoʻnalishlar sxemalarini kelishgan holda;
b) shahar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yoʻnalishlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki yoʻlovchilar tashish transportini boshqarish organlari tomonidan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan yoʻnalishlar sxemalarini kelishgan holda;
v) viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda -Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan yoʻnalishlar sxemalarini kelishgan holda Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan amalga oshiriladi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 7-yanvar,
2-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 20-modda)