Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tabiiy gaz isteʼmolchilari va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Etkazib berilgan gaz uchun oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solish, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi issiqlik elektr stansiyalarining moliyaviy ahvolini barqaror saqlash, respublika isteʼmolchilarining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 132-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy gaz isteʼmolchilari va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin.
“10. Isteʼmolchi tomonidan tuzilgan shartnomada belgilangandan ortiqcha hajmda (aholi va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan isteʼmol qilingan hajmdan tashqari) va gaz yetkazib beruvchi bilan oldindan kelishmasdan gaz olingan taqdirda gaz isteʼmolchisidan quyidagi miqdorlarda:
hududiy gaz bilan taʼminlovchi korxona uchun — shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan gaz qiymatiga 1,5 koeffitsiyent bilan;
boshqa isteʼmolchilar uchun — shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan gaz qiymatiga 2 koeffitsiyent bilan oshirilgan toʻlov undiriladi.
Bunda oshirilgan koeffitsiyentlar koʻrsatib oʻtilgan isteʼmolchilarga aholi va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan, ularning gaz tarmoqlariga ulangan “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan isteʼmol qilingan tabiiy gaz hajmini hisobga olmasdan qoʻllanadi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-dekabr,
340-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 694-modda)