O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
ODAM SAVDOSIGA VA UCHINCHI SHAXSLAR TOMONIDAN TANFURUSHLIKDAN FOYDALANIlishiGA QARSHI KURASH TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYAGA VA YAKUNLOVCHI BAYONNOMAGA QO‘SHILISH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanilishiga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyaga va Yakunlovchi Bayonnomaga qo‘shilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 12-dekabr,
576-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 26-modda)