Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.07.2002
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti
Farmoni
OʻZBEKISTON SSR YENGIL SANOAT VAZIRLIGI NEGIZIDA OʻZBEKISTON DAVLAT YENGIL SANOAT MOLLARI IShLAB ChIQARISh UYuShMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 1-iyuldagi PF-3102-sonli “Respublika yengil sanoatini boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Jumhuriyat yengil sanoat birlashmalari va korxonalarining mustaqilligini kengaytirish, bozor munosabatlari sharoitida ularning ishi hamda “Oʻzbekiston SSRdagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston SSR Qonunining amal qilish samaradorligini oshirish maqsadida, shuningdek, muassis tashkilotlarning takliflari hisobga olinib:
1. Jumhuriyat Yengil sanoat vazirligi negizida Oʻzbekiston Davlat yengil sanoat mollari ishlab chiqarish uyushmasi tuzilib, uning tarkibiga quyidagilar kiritilsin:
toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan “Oʻzbektoʻqimachi” Oʻzbekiston davlat konserni;
tikuvchilik va trikotaj buyumlari ishlab chiqaradigan “Oʻzbekkiyim” Oʻzbekiston davlat konserni;
charm-poyabzal sanoati mollarini ishlab chiqaradigan “Oʻzbekpoyabzal” Oʻzbekiston davlat konserni;
chinni buyumlar ishlab chiqaradigan “Oʻzbekiston chinnisi” Oʻzbekiston davlat konserni;
yuqorida sanab oʻtilgan konsernlar tuzilmasiga kirmagan va umumtarmoq vazifalarini bajaradigan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar.
2. Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti (oʻrtoq Oʻ.K. Ismoilov) Ushbu Farmonni amalga oshirishga doir tashkiliy choralarni koʻzda tutuvchi tegishli qarorni tayyorlasin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 20-maydagi 139-son “Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”) masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 6-may,
PF-202-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 7-son, 128-modda)