O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XORIJIY SARMOYALARI BO‘LGAN KORXONALAR IShLAB ChIQARADIGAN MAHSULOT EKSPORTINI RAG‘BATLANTIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish, xorijiy sarmoyalari bo‘lgan korxonalarning valyuta bilan o‘zini o‘zi qoplash imkoniyatini oshirish, ular tomonidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni hamda eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. 1997-yilning 1-sentabridan boshlab o‘zi ishlab chiqaradigan mahsulotni erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qiluvchi xorijiy sarmoyalari bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar va afzalliklar belgilansin:
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotga eksport boj to‘lovlari bekor qilinsin;
Oldingi tahrirga qarang.
xaridorlarga xizmat qiluvchi tijorat banklarining kafolatlari mavjud bo‘lgan hamda amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan valyuta daromadi tushumi muddatlariga rioya etilgan taqdirda o‘z mahsulotini oldindan haq to‘lamasdan va akkreditiv ochmasdan eksport qilish huquqi berilsin;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
chet ellarda tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlari hamda ishlab chiqarayotgan mahsulotni reklama qilish maqsadida savdo uylari hamda vakolatxonalari ochib, ularga konsignatsiya shartlari asosida tovarlar yetkazib berishga ijozat berilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalar o‘zi ishlab chiqaradigan eksport mahsulotining kontrakt narxlarini shartnoma asosida mustaqil shakllantirishlari belgilab qo‘yilsin.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 14-maydagi PF-2841-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 105-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotning noqonuniy olib chiqib ketilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin, amaldagi qonunlarni buzuvchilarga nisbatan ma’muriy, shu jumladan jinoiy javobgarlik kabi qat’iy choralarni qo‘llasin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 26-avgust,
PF-1831-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1870-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 8-son, 204-modda; 2001-y.,5-son, 105-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)