|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.12.2018
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasida qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish muammolarini hal etish bo‘yicha tashkil etilgan Kengashlar raislarini tasdiqlash to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1.O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasida tashkil etilgan kengashlar raislari tarkibida bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
|
Ergashev Avaz |
— |
Samarqand viloyati Jomboy tumani X. Nizamatov nomli elita urug‘chilik xo‘jaligi boshlig‘i — Paxtachilikni rivojlantirish muammolarini hal etish kengashi raisi etib; |
|
Ziyodullayev Zoxid Fayzullayevich |
— |
Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori — G‘allachilikni rivojlantirish muammolarini hal etish kengashi raisi etib; |
|
Burxonov Zarip |
— |
Qashqadaryo viloyati “Kitob” agrofirmasi direktori — Sabzavot-poliz ekinlari, meva va uzumchilikni rivojlantirish hamda ularni kompleks qayta ishlash muammolarini hal etish kengashi raisi etib; |
|
Yo‘ldoshev Ravshanbek Jo‘rayevich |
— |
Toshkent viloyati Zangiota tumani “MILK AGRO” mas’uliyati cheklangan jamiyat raisi — Chorvachilikni rivojlantirish muammolarini hal etish kengashi raisi etib; |
|
Ishanov Xakim Xamidovich |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi — Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yer unumdorligini oshirish muammolarini hal etish kengashi raisi etib; |
|
Toshboltayev Maxamad Tojaliyevich |
— |
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari — Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va kimyolashtirish muammolarini hal etish kengashi raisi etib tasdiqlansin. |
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 398-son va 2006-yil 23-fevraldagi 30-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 12-aprel,
67-son