|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.07.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 3-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2118-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 1-iyuldagi 121-sonli “Tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi boʻyicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3277, 01.07.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 128-modda) va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 120-modda) qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2010-yil 18-iyundagi 191-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2118, 2010-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 26-27-son, 219-modda) 2-bandidagi “imtiyozli shartlar va bepul retseptlar boʻyicha” degan soʻzlar “shaxslarning ayrim toifalariga dori vositalarini imtiyozli berish uchun retseptlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “Dori-Darmon” AK bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-sentabr,
327-son
Kelishilgan:
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2013-yil 26-sentabr
“Dori-Darmon” AK boshqaruvi raisi v. v. b. M. FAYZIYEV
2013-yil 26-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 40-son, 538-modda)