|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XORIJIY SARMOYALAR IShTIROKIDAGI KORXONALARDA BOLALAR POYABZALI IShLAB ChIQARIShNI RAGʻBATLANTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yuqori sifatli bolalar poyabzali ishlab chiqarish koʻpaytirilishi va turlari kengayishini ragʻbatlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar oʻz ishlab chiqarishda foydalanish uchun respublikaga olib kelayotgan xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning qoʻshilgan qiymatiga soliq toʻlashdan ozod qilinsin.
2. Ushbu Farmonning amalga oshirilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 24-noyabr,
PF-2143-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 10-11-son, 210-modda)