Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINI TASHKIL QILISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Bojxona ishini tashkil qilishni yaxshilash, yagona bojxona siyosatini oʻtkazish, respublika bojxona organlarining tezkorligini hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashda ularning rolini kuchaytirish, shuningdek, bojxona ishi sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasining negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tashkil qilinib, u bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysundirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishlab turgan bojxona xizmatlari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmalari tuzilsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi.
(2-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 06/20/6005/0728-son)
(3-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 06/20/6005/0728-son)
4. Shu narsa belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan oʻz vakolati doirasida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilingan qarorlar mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslarning ijro etishlari uchun majburiydir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi.
(5-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 06/20/6005/0728-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.
7. “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat soliq boshqarmasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga oʻzgartirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 18-yanvardagi Farmonining ikkinchi bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin, shuningdek, mazkur Farmonning kirish qismidagi “va bojxona” soʻzlari olib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 8-iyul,
PF-1815-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 7-son, 182-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son; 06.06.2020-y., 06/20/6005/0728-son)