Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Doimiy yashash joyidan tashqaridagi hududda belgilangan tartibda ishga tayinlangan davlat boshqaruvi hududiy organlarining va prokuratura organlarining xodimlariga qulay turar joy sharoitlarini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatining 20-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Boshqa mintaqalardan ishga taklif qilingan Prezident Devoni, Oliy Majlis Kotibiyati, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar va ularning hududiy boʻlinmalari apparatlarining masʼul xodimlari, prokuratura organlarining xodimlari”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 6-mart,
67-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 10-son, 130-modda)