|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.02.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“YER OSTI BOYLIKLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 26 VA 27-MODDALARIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 1-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda maʼqullangan
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 31-oktabrdagi OʻRQ-987-sonli “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 2-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi 2018-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan 444-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 26-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan holda daryolarning oʻzanlarini, kanallar va kollektorlarni tozalashda litsenziya olish talab qilinmaydi”;
2) 27-modda:
toʻrtinchi qismidagi “beshinchi qismida” degan soʻzlar “beshinchi va oltinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Geologik jihatdan oʻrganish, tajriba-sanoat yoʻsinida kavlab olish, noruda foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish boʻyicha komissiyasi tomonidan beriladi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2011-yil 22-dekabrdagi 247 (5414)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 21-dekabr,
OʻRQ-310-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 51-son, 541-modda)