O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKA TEATRLARI ARTISTLARINING MEHNATIGA HAQ TO‘LASh ShARTLARINI YaXShILASh TO‘G‘RISIDA
Teatr artistlari teatr san’atini rivojlantirish va targ‘ib qilishga katta hissa qo‘shayotganliklarini, ularning respublika yosh avlodini ma’naviy va axloqiy jihatdan tarbiyalashdagi xizmatlarini inobatga olib, shuningdek ijodkor xodimlarning moddiy ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasining teatrlarida ishlovchi artistlar uchun 1993-yilning 1-dekabridan boshlab mansab okladlarining 25 foizi miqdorida maoshlariga har oylik ustama haq belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasining Madaniyat ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ushbu Farmonga muvofiq mansab okladlariga ustama haq belgilanadigan teatr xodimlari toifalarining ro‘yxatini tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi mazkur ustama haqlarni joriy etish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni pul bilan ta’minlash manbalarini aniqlasin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-dekabr,
PF-692-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 11-12-son, 395-modda)