Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.08.2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARINI O‘Z KUCHINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
1) “Respublika qishloq xo‘jalik korxonalarini qo‘shimcha qiymatdan budjetga soliq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-maydagi PF-412-son Farmoni;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
3) “Xorijiy sarmoyalari bo‘lgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-avgustdagi PF-1831-son Farmonining 2-bandi;
4) “Xorijiy sarmoyalari bo‘lgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-avgustdagi PF-1831-son Farmonga qisman o‘zgartish kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1870-son Farmoni;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
7) “Jismoniy shaxslar daromadlariga soliq solish shkalasini takomillashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 31-dekabrdagi PF-2472-son Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 14-may,
PF-2841-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 105-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)