Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QASHQADARYO VILOYATI HOKIMLIGI APPARATI TASHKILIY TUZILMASIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qashqadaryo viloyati hokimining viloyat hokimligi apparati tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Qashqadaryo viloyati hokimligi apparati tashkiliy tuzilmasiga qo‘shimcha ravishda viloyat hokimining umumiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimlari kiritilib, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari — viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi lavozimi tugatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 6-yanvar,
3-son