O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“REKLAMA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSINING 1781-MODDASIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 22-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 28-avgustda ma’qullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ-776-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 9-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498-son)
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda) 1781-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1781-modda. Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik, shuningdek vakolatli davlat organining reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishini tugatish haqidagi ko‘rsatmasini o‘z muddatida bajarmaganlik —
eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan noto‘g‘ri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik, xuddi shuningdek reklama qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik —
eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2010-yil 18-sentabrdagi 182 (5097)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 17-sentabr,
O‘RQ-259-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 37-son, 317-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498-son)