|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT DORILFUNUNI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston SSJ Prezidentining “Xalqlar doʻstligi ordenli Toshkent xalq xoʻjaligi institutini Toshkent davlat iqtisodiyot dorilfununiga aylantirish toʻgʻrisida” 1991-yil 6-iyundagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. OʻzSSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy ichida Toshkent davlat iqtisodiyot dorilfununi toʻgʻrisidagi Nizomni, uning tuzilishini, yagona oʻquv rejasini va mutaxassisliklar roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
2. Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi OʻzSSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Toshkent davlat iqtisodiyot dorilfununining oʻquv korpusini, yotoqxonalarini va ijtimoiy, madaniy-maishiy obyektlarini qurish uchun yer uchastkasi ajratish haqidagi masalani hal qilsin.
Vazirlar Mahkamasi Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 19-iyun,
164-son