|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.04.2022
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA ISTE’MOL TOVARLARI OLIB KELINIShINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2002 YIL 11 IYuLDAGI PF-3105-SON FARMONIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va respublika hududiga iste’mol tovarlari olib kelish tartibini soddalashtirish maqsadida:
1. 2003-yilning 1-yanvaridan boshlab nooziq-ovqat iste’mol tovarlari olib keladigan yuridik shaxslardan iste’mol tovarlari importiga amaldagi bojxona to‘lovlari bilan bir qatorda undiriladigan yig‘im bekor qilinsin.
2. “O‘zbekiston Respublikasi hududiga iste’mol tovarlari olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmonining 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari bilan birga o‘n kun muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 4-dekabr,
PF-3170-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 229-modda)