Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“FUQAROLAR SOGʻLIGʻINI SAQLASh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 10 VA 11-MODDALARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 18-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda maʼqullangan
Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi 265-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sogʻliqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari jumlasiga oʻz mablagʻlari, jalb etilgan mablagʻlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika, dorixona muassasalari, tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar, shuningdek xususiy farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar kiradi”;
2) 11-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tibbiy faoliyat tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan, farmatsevtika faoliyati esa tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2010-yil 20-maydagi 99 (5014)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 19-may,
OʻRQ-246-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 20-son, 148-modda)