|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.02.2018
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN ISTEʼMOL TOVARLARINI OLIB KIRIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-sonli “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ichki isteʼmol bozorini himoya qilishni yanada kuchaytirish va jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga isteʼmol tovarlarini olib kirishni tartibga solish maqsadida:
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2009-yilning 2-iyunidan boshlab qoʻshni davlatlardan shaxsiy foydalanish uchun jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga bir yoʻla olib kiriladigan import isteʼmol tovarlarining boj toʻlovlari olinmaydigan umumiy qiymati 10 AQSh dollarini tashkil etadi.
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kirayotgan jismoniy shaxslarga nisbatan tovarlarni boj toʻlovlarisiz olib kirish normalarining amal qilishi tatbiq etilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni respublika hududiga olib kirishning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi bir hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiq holga keltirsinlar.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-iyun,
PQ-1118-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 23-son, 262-modda)