|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “DAVLAT HOKIMIYATI VA BOShQARUVI ORGANLARI, SUD ORGANLARI VA NOTARIAL IDORALAR XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LAShNING TARIF SETKASINI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA” 1996-YIL 12 APRELDAGI 147-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 24-ilovaning “Lavozimlar nomi” ustunidagi “Davlat notariusining o‘rinbosari” va “Konsultant” so‘zlari tegishli ravishda “Katta davlat notariusining o‘rinbosari” va “Davlat notariusining yordamchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 25-mart,
86-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 13-son, 147-modda)