Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.01.2011
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QONUN HUJJATLARIDA BELGILANGAN TARTIBDA FAQAT YuRIDIK ShAXS ShAKLIDA TAShKIL ETILGAN TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI TOMONIDAN AMALGA OShIRILADIGAN FAOLIYATNING AYRIM TURLARI RO‘YXATIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI IShLAB ChIQARIShNI KENGAYTIRISh VA IChKI BOZORNI TO‘LDIRISh YuZASIDAN QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” 2009 YIL 26 YaNVARDAGI PQ-1047-SON QARORI)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1047-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 380-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari ro‘yxatiga 2009-yil 1-iyuldan boshlab quyidagi mazmundagi 17 va 18-bandlar qo‘shilsin:
“17. Go‘shtli yarimfabrikatlarni sanoat yo‘li bilan qayta ishlash va ishlab chiqarish, shuningdek kolbasa mahsulotlari, go‘sht va baliq konservalarini sanoat yo‘li bilan ishlab chiqarish.
18. Xom sutni sanoat yo‘li bilan qayta ishlash va sut mahsulotlari (pasterizatsiya qilingan sut, slivka, qaymoq, tvorog, qatiq mahsulotlari), shu jumladan pishloq, brinza, mol yog‘i, bolalar quruq sut mahsulotlari, sutli bolalar taomlari, quruq sut, muzqaymoq va quyiltirilgan sut ishlab chiqarish”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 7-mart,
58-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 10-11-son, 111-modda)