

<!DOCTYPE html>

<html lang="en-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/en/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1449668" id="-1449668">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1449669" id="-1449669">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1449670" id="-1449670">Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1449671" id="-1449671">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli <a href="/en/acts/-2507732">qaroriga </a>asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1449672" id="-1449672"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1449673" id="-1449673">Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining valyuta yakka hukmronligiga putur yetkazadi, ular koʻpincha talon-toroj qilish, poraxoʻrlik, bojxona qonunchiligini buzish kabi jinoyatlar bilan bogʻliq boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1449674" id="-1449674">Sud amaliyotini oʻrganish sudlar mazkur toifadagi ishlarni asosan toʻgʻri hal etilishini taʼminlayotganliklarini koʻrsatdi. Shuning bilan birgalikda, valyuta qimmatliklari tushunchalarini turlicha talqin qilish, jinoyatlarni notoʻgʻri tavsiflash kabi xatoliklarga ham yoʻl qoʻyilmoqda.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2896191" id="edi-2896191"><a href="/en/acts/-1449617?ONDATE=28.04.2000 00#-1449675">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2896191" id="-2896191"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2896193" id="-2896193">Jazo tayinlashda alohida yondashuv qoidasiga rioya etilmayapti, ayrim hollarda jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pul va boshqa qimmatliklar davlat tasarrufiga oʻtkazilmayapti, valyuta qimmatliklarining qonunga xilof qanday yoʻllar bilan va qaysi manbalardan qoʻlga kiritilayotganligi, jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash masalalariga lozim darajada eʼtibor qaratilmayapti.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2896196" id="-2896196">(muqaddimaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli <a href="/en/acts/-2844356?ONDATE=13.11.2015 00#-2844501">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1449676" id="-1449676">Shu munosabat bilan hamda valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyotida vujudga kelayotgan masalalarni tushuntirish zaruriyatidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1449678" id="-1449678">1. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirib chiqilishi, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritish manbalari, oʻtkazish yoʻllari, usullari, jinoyatlarning barcha ishtirokchilari aniqlanishi va javobgarlikka tortilishiga alohida eʼtibor qaratilishi, jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish uchun barcha choralar koʻrilishi lozim.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6077397" id="edi-6077397"><a href="/en/acts/-1449617?ONDATE=13.11.2015 00#-2896199">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6077397" id="-6077397"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6077400" id="-6077400">2. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, valyuta qimmatliklari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Maxsus qismi <a href="/en/acts/-111453#-271724">sakkizinchi boʻlimida</a> belgilangan boʻlib, uni kengaytirilgan holda talqin etish mumkin emas. Bunday qimmatliklarga quyidagilar kiradi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6077402" id="-6077402">chet el valyutasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6077403" id="-6077403">chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar — fond boyliklari (aksiya, obligatsiya va boshqalar); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6077406" id="-6077406">chet el valyutasi bilan toʻlanadigan toʻlov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6077407" id="-6077407">har qanday koʻrinish va holatdagi qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy), shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari hamda ularning rezgilari bundan mustasno; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6077408" id="-6077408">xom ashyo yoki ishlov berilgan holatdagi tabiiy qimmatbaho toshlar — olmos, yoqut, zumrad, sapfir, aleksandritlar, shuningdek marvaridlar, shunday toshlar hamda ularning rezgilaridan yasalgan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari bundan mustasno.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6077410" id="-6077410">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/en/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6066937">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6077411" id="edi-6077411"><a href="/en/acts/-1449617?ONDATE=13.11.2015 00#-2898563">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6077411" id="-6077411"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6077412" id="-6077412">3. Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni <a href="/en/acts/-4562834#-4563258">4-moddasiga</a> koʻra, chet el valyutasi jumlasiga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6077413" id="-6077413">muomaladagi hamda chet davlat (chet davlatlar guruhi) hududida naqd toʻlovning qonuniy vositasi boʻlgan pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilayotgan yoki muomaladan chiqarilgan, ammo almashtirilishi lozim boʻlgan pul belgilari, chet davlatlarning (chet davlatlar guruhining) pul birliklarida hamda xalqaro pul birliklari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6077414" id="-6077414">hisob-kitob birliklarida bank hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan mablagʻlar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6077416" id="-6077416">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/en/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6066947">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1449693" id="-1449693">4. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish deb, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu harakatlar sodir etilgan vaqtda valyuta qimmatliklarini oʻrnatilgan tartiblarni buzgan holda sotib olish, sotish yoki almashtirish tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1449694" id="-1449694">5. Valyuta qimmatliklarini saqlash va tashish holatlari oʻzicha valyuta qimmatliklarini noqonuniy olish yoki oʻtkazishni tashkil etmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1449695" id="-1449695">Valyuta qimmatliklariga nisbatan boʻlgan egalik huquqi boshqa shaxsga qonunga xilof ravishda oʻtgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom boʻlgan deb hisoblanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2898557" id="edi-2898557"><a href="/en/acts/-1449617?ONDATE=28.04.2000 00#-1449696">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2898557" id="-2898557">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli <a href="/en/acts/-2844356?ONDATE=13.11.2015 00#-2844530">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1449697" id="-1449697">7. Chet el valyutasining ancha, koʻp va juda koʻp miqdorda ekanligini belgilash masalasini hal etish tergov va sud organlari vakolatiga kiradi. Ular bu masalani hal etishda bitimlar amalga oshirilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasining pul birligiga nisbatan kursidan kelib chiqishlari lozim.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6077419" id="edi-6077419"><a href="/en/acts/-1449617?ONDATE=28.04.2000 00#-1449698">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6077419" id="-6077419"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6077421" id="-6077421">8. Fuqarolar tomonidan birinchi marotaba sodir etilgan valyuta qimmatliklarini ancha miqdordan kam miqdorda qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi <a href="/en/acts/-97664#-200287">170-moddasi</a> boʻyicha javobgarlikka sabab boʻladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6689511" id="edi-6689511"><a href="/en/acts/-1449617?ONDATE=14.05.2022 00#-6077425">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6689511" id="-6689511"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689519" id="-6689519">Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda ancha miqdordan kam miqdorda olish yoki oʻtkazish, basharti qilmish shunday harakatlarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida takroran sodir etilgan boʻlsa, JK 177-moddasi <a href="/en/acts/111453#4166662">birinchi qismi</a> boʻyicha javobgarlikka sabab boʻladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6689520" id="-6689520">(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 31-sonli <a href="/en/acts/-6683593?ONDATE=20.11.2023 00#-6683787">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6077426" id="-6077426">Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda ancha miqdorda olish yoki oʻtkazish JK 177-moddasi <a href="/en/acts/-111453#-4166674">ikkinchi qismi</a> boʻyicha javobgarlikka sabab boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6077436" id="-6077436">Agar shaxsda ancha miqdor yoki undan ortiq valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish maqsadi boʻlib, bu maqsadni qismlarga boʻlib amalga oshirsa, uning harakatlari valyuta qimmatliklari umumiy summasidan kelib chiqib, JK <a href="/en/acts/-111453#-4166652">177-moddasining</a> tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6077438" id="-6077438">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/en/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6066960">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6077439" id="edi-6077439"><a href="/en/acts/-1449617?ONDATE=29.11.2017 00#-3534767">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6077439" id="-6077439"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6077440" id="-6077440">9. Qilmishni JK 177-moddasi <a href="/en/acts/-111453#-4166674">ikkinchi</a>, <a href="/en/acts/-111453#-4166685">uchinchi</a> va <a href="/en/acts/-111453#-4166701">toʻrtinchi qismlari</a> bilan kvalifikatsiya qilishda jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorda, ayblov dalolatnomasi (ayblov xulosasi) va hukmda aybdorning qilmishi aynan qanday belgiga koʻra javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatda sodir etilgan deb topilganligi aks ettirilishi shart. Bunda shuni inobatga olish lozimki, qilmishni JK 177-moddasi <a href="/en/acts/-111453#-4166674">ikkinchi</a>, <a href="/en/acts/-111453#-4166685">uchinchi</a> va <a href="/en/acts/-111453#-4166701">toʻrtinchi qismlari</a> bilan kvalifikatsiya qilish uchun shaxs muqaddam valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlishi talab etilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6077464" id="-6077464">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/en/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6066967">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2898558" id="edi-2898558"><a href="/en/acts/-1449617?ONDATE=28.04.2000 00#-1449702">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2898558" id="-2898558"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2898559" id="-2898559">10. Valyuta qimmatliklarini bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish, firibgarlik, oʻgʻrilik yoʻli bilan talon-toroj qilish, shuningdek, valyuta qimmatliklarida pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, xizmatchini pora evaziga ogʻdirish, tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish, xizmatchining qonunga xilof ravishda moddiy yoki mulkiy foyda olishi Jinoyat kodeksining faqat ana shunday jinoyatlar uchun javobgarlikni koʻzda tutuvchi moddasi bilan tavsiflanishi lozim va Jinoyat kodeksining <a href="/en/acts/-111453#-265400">177-moddasi </a>bilan qoʻshimcha tavsiflash talab qilinmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2898560" id="-2898560">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli <a href="/en/acts/-2844356?ONDATE=13.11.2015 00#-2844533">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3043861" id="edi-3043861"><a href="/en/acts/-1449617?ONDATE=28.04.2000 00#-1449703">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3043861" id="-3043861">(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli <a href="/en/acts/-3036169?ONDATE=29.07.2016 00#-3036325">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1449704" id="-1449704">12. Agar qalbakiligi aybdorga ayon boʻlgan valyuta qimmatliklari koʻrinishidagi, pul muomalasida qoʻllanishini istisno qiladigan darajada haqiqiysiga roʻy-rost oʻxshamaydigan kupyuralar oʻtkazilgan boʻlsa, shuningdek, aybdorda jabrlanuvchini qoʻpol ravishda aldash niyati boʻlganligidan guvohlik beruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi <a href="/en/acts/-111453#-311220">176-moddasining </a>tegishli qismi boʻyicha tavsiflanib, Jinoyat kodeksining <a href="/en/acts/-111453#-310584">168-moddasi </a>(firibgarlik) bilan qoʻshimcha tavsiflash talab qilinmaydi. Qalbaki pul yoki qimmatli qogʻozlarni olgan shaxsning qilmishi esa valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olishga suiqasd sifatida tavsiflanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1449705" id="-1449705">Qalbakiligini bilmagani holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olgan va keyinchalik ularni oʻtkazgan shaxsning qilmishi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish sifatida tavsiflanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1449706" id="-1449706">13. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga qarashli boʻlgan jinoyat narsalari deb topilgan valyuta qimmatliklarining davlat egaligiga oʻtkazilishi masalasi Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/en/acts/-111460#-254570">211</a>, <a href="/en/acts/-111460#-255067">284</a>, <a href="/en/acts/-111460#-255069">285-moddalari </a>tartibida hal qilinishi lozim.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1449707" id="-1449707"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6077469" id="edi-6077469"><a href="/en/acts/-1449617?ONDATE=28.04.2000 00#-6077466">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6077469" id="-6077469"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6077470" id="-6077470">14. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/en/acts/-111460#-5305914">405<sup>10</sup></a>, <a href="/en/acts/-111460#-256627">471-moddalariga</a> muvofiq, hukm chiqarilganda va jinoyat ishini harakatdan tugatish haqida ajrim qabul qilinganida sudlar ishga qoʻshilgan ashyoviy dalillar masalasini hal etishlari shart. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, egasining yoki foydalanuvchining tasarrufidan gʻayriqonuniy ravishda olib qoʻyilgan valyuta qimmatliklari, qonunda nazarda tutilgan holatlardan tashqari tegishliligi boʻyicha qaytarilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6077471" id="-6077471">(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/en/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6066971">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1449708" id="-1449708">Egasining xohishi bilan jinoiy bitimning obyekti boʻlgan valyuta qimmatliklari, ularning egasi qaysidir asoslarga koʻra jinoiy javobgarlikka tortilmagan taqdirda ham davlat daromadlari hisobiga oʻtkazilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1449709" id="-1449709">Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish orqali orttirilgan pul va boshqa qimmatliklar davlat daromadlari hisobiga oʻtkaziladi. Agar jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pul yoki boshqa qimmatliklar topilmasa, olingan summa yoxud qimmatliklarning qiymati davlat foydasiga undiriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2898562" id="edi-2898562"><a href="/en/acts/-1449617?ONDATE=28.04.2000 00#-1449710">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2898562" id="-2898562">(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli <a href="/en/acts/-2844356?ONDATE=13.11.2015 00#-2844534">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6077475" id="edi-6077475"><a href="/en/acts/-1449617?ONDATE=29.11.2017 00#-3534782">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6077475" id="-6077475"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6077476" id="-6077476">16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish bilan bogʻliq jinoyat ishlarining sudlarda toʻgʻri koʻrib chiqilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6077477" id="-6077477">(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/en/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6066998">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1449714" id="-1449714"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1449715" id="-1449715"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1449716" id="-1449716">2000-yil 28-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1449717" id="-1449717">8-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
