|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I TO‘G‘RISIDA”GI HAMDA “KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI XUSUSIDA
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida”gi hamda “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun 1993-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida:
— korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan, shu jumladan fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar uchun daromad solig‘i stavkalarini belgilasin;
— Hukumatning, vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlarini uqtirib o‘tilgan Qonunga muvofiqlashtirsin;
— ushbu Qonunning ijro etilishini ta’minlovchi me’yoriy hujjatlarni qabul qilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
739a-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 21-modda)