Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING HAVO KODEKSIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-iyunda maʼqullangan
1-modda. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 863-XII-sonli Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 2-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-modda. Samoviy hududdan foydalanish va aviatsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish hamda barcha undan foydalanuvchilarning faoliyati, shu jumladan aviatsiya faoliyati sohasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeks, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalari, shuningdek tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududdan foydalanish va aviatsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi”;
2) 9-modda ikkinchi qismining “z” bandidagi “harbiy” degan soʻz “davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 16-moddadagi “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga binoan javobgarlikka tortiladilar” degan soʻzlar “belgilangan tartibda javobgar boʻladilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 26-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quruqlikdagi yoki suv sathidagi maxsus jihozlangan, havo kemalarining kelib qoʻnishi, joʻnashi va shu sath boʻylab harakatlanishi uchun toʻliq yoki qisman moʻljallangan uchastka unda joylashgan binolar, inshootlar hamda anjomlari bilan birga aerodrom deb eʼtirof etiladi”;
5) 30-modda birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Foydalanishga yaroqlilik normalariga va havo kemalari parvozlarining xavfsizligini taʼminlash talablariga muvofiq boʻlsa, aerodromdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi”;
6) 36-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36-modda. Havo kemalari ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish
Havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarning sertifikatlangan turlarini koʻplab ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarni ishlab chiqarishga hamda havo kemalarini ishlab chiqarishni sertifikatlashtirishga doir belgilangan talablar asosida ish olib boradi.
Havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarni ishlab chiqarishga doir talablarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish xalqaro standartlar va tavsiyalarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi”;
7) 37-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqaro havo kemasi, shuningdek tijorat maqsadlarida ishlatiladigan davlat havo kemasi fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqliligi borasidagi normalarga muvofiq boʻlsa, foydalanishga qoʻyiladi va bu haqda havo kemasining ekspluatantiga havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati beriladi.
Fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalari va havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan belgilanadi.
Havo kemasining xorijiy davlat tomonidan berilgan uchishga yaroqlilik sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etilishi mumkin.
Fuqaro havo kemasini havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati talablariga muvofiq boʻlgan holatda saqlash havo kemasi ekspluatanti zimmasiga yuklanadi. Bunday muvofiqlikka rioya etilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati amalga oshiradi.
Davlat havo kemalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi”;
8) 38-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38-modda. Havo kemasi turining sertifikati
Havo kemasi turining sertifikati havo kemasi turining tuzilishini belgilaydigan va uning fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatdir.
Havo kemasi turining sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
Havo kemasi turining xorijiy davlat tomonidan berilgan sertifikati, basharti havo kemasi fuqaro havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan belgilangan uchishga yaroqlilik normalariga muvofiq boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etilishi mumkin”;
nomidagi “guvohnomasini” degan soʻz “sertifikatini” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Havo kemasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida egalik qiluvchi, shu havo kemasidan foydalanishni amalga oshirish qobiliyati ekspluatant sertifikati bilan tasdiqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs havo kemasining ekspluatanti deb eʼtirof etiladi”;
ikkinchi qismidagi “guvohnomasi” va “guvohnomani” degan soʻzlar tegishincha “sertifikati” va “sertifikatni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan ekspluatant sertifikati berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ekspluatant sertifikati berishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ekspluatant sertifikatining amal qilishi belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻyilishi yoki ekspluatant sertifikati olib qoʻyilishi mumkin. Ekspluatant sertifikatini boshqa shaxsga berish mumkin emas”;
10) 45-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45-modda. Ekspluatant sertifikatini eʼtirof etish
Xorijiy davlat tomonidan berilgan ekspluatant sertifikati yoki unga oʻxshash hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etilishi mumkin”;
birinchi qismidagi “guvohnomasini” degan soʻz “sertifikatini” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekspluatant sertifikatini berish uchun belgilangan talablar havo kemasi ekspluatanti tomonidan buzilgan taqdirda, sertifikat bergan organ ekspluatantni belgilangan muddatlarda kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi haqida ogohlantirishga yoxud ekspluatant sertifikatining amal qilishini toʻxtatib qoʻyishga yoki uni olib qoʻyishga haqli.
Havo kemasi ekspluatanti ekspluatant sertifikatining amal qilishini toʻxtatish yoki uni olib qoʻyish haqidagi qaror yuzasidan sudga shikoyat qilishga haqlidir”;
12) quyidagi mazmundagi 531-modda bilan toʻldirilsin:
“531-modda. Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga beriladigan kafolatlar va imtiyozlar
Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlarining alohida toifalarini ular xizmat vazifalarini bajarayotganda belgilangan namunadagi formali kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.
Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlariga foydalanilayotgan havo kemalarida imtiyozli tarzda yurish huquqini berishi mumkin.
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga ushbu moddaga koʻra beriladigan va mehnatga haq toʻlash toʻgʻrisidagi tarmoq bitimlarida belgilangan kafolatlar va imtiyozlar fuqaro aviatsiyasi korxonalarining mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi hamda jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi”;
ikkinchi qismidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Gidrometeorologiya xizmati markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi tasdiqlaydigan meteorologik taʼminlash qoʻllanmasiga” degan soʻzlar “Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 62-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi parvozlari Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalariga muvofiq holda bajariladi”;
15) 63-modda ikkinchi qismining “b” bandidagi “parvozga yaroqliligi toʻgʻrisida guvohnoma (sertifikat)” degan soʻzlar “uchishga yaroqlilik sertifikati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 66-moddaning uchinchi qismidagi “fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalariga” degan soʻzlar “aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 71-moddaning uchinchi qismidagi “fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarida” degan soʻzlar “aviatsiya parvozining asosiy qoidalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 73-moddadagi “fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarida” degan soʻzlar “aviatsiya parvozining asosiy qoidalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 74-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalarida muntazam xalqaro parvozlar Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati belgilagan tartibda tayinlangan tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladi”;
toʻrtinchi qismidagi “aeroportlar, aerodromlar va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Havo kemalarining xalqaro parvozlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlarini (aerodromlarini) ochish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
21) 93-moddadagi “Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar” degan soʻzlar “belgilangan tartibda javobgar boʻladilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 96-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki hamda xalqaro havo yoʻnalishlarida yoʻlovchilarni va yuklarni tashish, aeroportlarda havo kemalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha havo transportida tashish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat uchun hamda aviatsiya ishlarini bajarish uchun litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi”;
23) 97-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki hamda xalqaro havo yoʻnalishlarida yoʻlovchilarni va yuklarni tashishga, aeroportlarda havo kemalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha havo transportida tashish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatga hamda aviatsiya ishlarini bajarishga doir litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
24) 101-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chipta va qoʻl yuki pattasi, pochta va yuk xati, shuningdek qogʻozda yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladigan boshqa tashish hujjatlari yoʻlovchini va qoʻl yukini, pochtani va yukni havo transportida tashish shartnomasini tasdiqlovchi tashish hujjatlaridir.
Tashish hujjatlarining shakli tegishli fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotlarining qoidalari va tavsiyalarini hisobga olgan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.
Pochta orqali tashish hujjatlarining shakli pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi”;
25) 103-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashuvchi xavfsizlikni taʼminlash yoxud parvoz boshlanayotgan, qoʻnish, tranzit yoki uchib oʻtish moʻljallangan mamlakatning mazkur tashishga taalluqli qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish zaruriyatidan kelib chiqib, yoʻlovchi va qoʻl yuki, pochta va yuk tashish shartnomasini bekor qilishi mumkin”;
26) 105-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashish ishlarini tashkil qilish va tariflarni qoʻllash, yigʻimlar toʻlash, qatnovni kiraga sotish qoidalari tashuvchi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”;
27) 107-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Portlovchi moddalar, qurollar, oʻq-dorilar, zaharli, tez alangalanuvchi, radioaktiv va boshqa xavfli moddalarni hamda predmetlarni tashish shartlari qonun hujjatlariga muvofiq maxsus qoidalar bilan belgilanadi”;
28) 114-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qoʻl yuki tashishga qabul qilib olingan paytdan eʼtiboran to u qabul qiluvchiga berilguniga yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirilguniga qadar uning yoʻqolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar boʻladi”;
nomidagi va birinchi qismidagi “Tijorat hujjatlari”, “tijorat hujjati”, “Tijorat hujjati” degan soʻzlar tegishincha “Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar”, “havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma”, “Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma quyidagi hollarda tuziladi:
a) yukning nomi, ogʻirligi yoki yuk va pochtaning oʻrinlari soni tashish hujjatida koʻrsatilgan maʼlumotlarga nomuvofiq boʻlganida;
b) yukda kamomad boʻlganida yoki unga zarar yetkazilganida;
v) qoʻl yukida kamomad boʻlganida yoki unga zarar yetkazilganida;
g) pochtada kamomad boʻlganida yoki unga zarar yetkazilganida;
d) hujjatsiz yuk, qoʻl yuki va pochta, shuningdek yuksiz, qoʻl yukisiz yoki pochtasiz hujjatlar topilganida”;
30) 123-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoʻlovchi, yuk joʻnatuvchi, yukni qabul qiluvchi yoki ular vakolat bergan shaxslar yoʻlovchini va qoʻl yukini, pochta va yukni havo transportida tashish shartnomasi tuzilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani taqdim etib, tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va daʼvo qoʻzgʻatish huquqiga egadir.
Havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning yoʻqligi, agar bunday dalolatnoma tashuvchining xodimlari yoki agenti tomonidan tuzilmaganligi isbotlansa, tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va daʼvo qoʻzgʻatish huquqidan mahrum eta olmaydi.
Yoʻlovchi, yuk joʻnatuvchi, yukni qabul qiluvchi vafot etgan yoki ular sogʻligʻining holati tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va daʼvo qoʻzgʻatish imkonini bermagan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrnini qonun hujjatlariga muvofiq qoplatish huquqiga ega boʻlgan shaxslar talab qoʻyishi yoki daʼvo qoʻzgʻatishi mumkin”;
31) 130-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“130-modda. Xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan aviatsiya ishlarining bajarilishi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar asosida xorijiy ekspluatantlar, shuningdek chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan bajarilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar oʻz xususiy havo kemalaridan, shu jumladan tegishli xorijiy davlatda roʻyxatdan oʻtkazilgan havo kemalaridan yoki Oʻzbekiston Respublikasining ijaraga olingan havo kemalaridan foydalanishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlarini bajaruvchi xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga nisbatan ushbu Kodeksning tegishli qoidalari tatbiq etiladi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2008-yil 9-iyuldagi 134 (4544)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 8-iyul,
OʻRQ-159-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 261-modda)