Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “2007—2010 YILLARDA XUSUSIYLAShTIRISh JARAYoNLARINI YaNADA ChUQURLAShTIRISh VA XORIJIY INVESTITSIYaLARNI FAOL JALB QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 20 IYuLDAGI PQ-672-SONLI QARORIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjalik mashinasozligi tarmogʻini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 4-apreldagi PQ-830-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007—2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-sonli qarori 2-ilovasining 14 va 16-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-may,
PQ-863-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 171-modda)