O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘LIM JAZOSI BEKOR QILINIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 15-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda ma’qullangan
Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 15-moddaning beshinchi qismidagi “yoki o‘lim” degan so‘zlar “yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 43-modda birinchi qismining “z” bandidagi “o‘lim jazosi” degan so‘zlar “umrbod ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 50-modda:
ikkinchi qismi “ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin.
Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas”;
uchinchi—to‘qqizinchi qismlari tegishincha beshinchi—o‘n birinchi qismlar deb hisoblansin;
yettinchi qismi “g” bandidagi “Afv etilib, o‘lim jazosi” degan so‘zlar “Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, shuningdek afv etish tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 51-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“51-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo‘lib, mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib qo‘yishdan iboratdir.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas”;
5) 58-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi mumkin emas”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
6) 59-modda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yoxud yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi”;
to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
7) 60-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Agar hukmlardan biri bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan bo‘lsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qo‘shishda yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Agar hukmlardan biri bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo‘lsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qo‘shishda yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi”;
uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
8) 64-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan, javobgarlikka tortish muddatlarini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qo‘llashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi”;
9) 69-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan shaxsga nisbatan muddatlar o‘tishini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud muddatlar o‘tishini qo‘llashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtiriladi”;
10) 73-modda to‘rtinchi qismining:
“a” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsga”;
“g” bandidagi “giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni” va “shuningdek giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
11) 76-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin berilishi mumkin.
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning o‘n besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin berilishi mumkin”;
12) 97-modda ikkinchi qismining sanksiyasidagi “yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki o‘lim jazosi” degan so‘zlar “yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 155-modda uchinchi qismining sanksiyasidagi “yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki o‘lim jazosi” degan so‘zlar “yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 51-modda birinchi qismining 4-bandidagi “o‘lim jazosi tayinlanishi” degan so‘zlar “umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 473-moddaning to‘rtinchi qismidagi “o‘lim jazosiga” degan so‘zlar “umrbod ozodlikdan mahrum qilishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 12-moddaning uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
2) 14-moddaning ikkinchi qismidagi “o‘lim jazosi” degan so‘zlar “umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 49-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilinib, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan.
Maxsus tartibli koloniyalarda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi”;
4) 58-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan mahkumlar”;
5) 82-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar”;
6) 113-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar”;
7) 120-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar”;
8) V bo‘lim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“V Bo‘lim. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish
24-bob. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi va shartlari
136-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash tartibi
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar maxsus saqlash sharoitlariga ega bo‘lgan maxsus tartibli koloniyalarda saqlanadilar. Ularga nisbatan ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda maxsus tartibli koloniyalar tartibi tatbiq etiladi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar kameralarga ko‘pi bilan ikki kishidan joylashtiriladilar. Mahkumlarning iltimosiga ko‘ra yoki zarurat taqozo etganda ular bir kishilik kameralarda saqlanishlari mumkin.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoni qattiq, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida o‘taydilar.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoning dastlabki o‘n yilini qattiq saqlash sharoitlarida o‘taydilar.
Jazoning kamida o‘n yilini o‘tagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar qattiq saqlash sharoitlaridan odatdagi saqlash sharoitlariga o‘tkazilishlari mumkin.
Jazoning kamida o‘n besh yilini o‘tagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar odatdagi saqlash sharoitlaridan yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga o‘tkazilishlari mumkin.
137-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash shartlari
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan bitta mahkumga to‘g‘ri keladigan yashash maydoni normasi to‘rt kvadrat metrdan kam bo‘lishi mumkin emas.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni qattiq saqlash sharoitlarida o‘tayotgan mahkumlar o‘z shaxsiy hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan mablag‘lardan belgilangan eng kam ish haqi miqdorining yetmish besh foizigacha bo‘lgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bir marta telefon orqali so‘zlashuv, bitta posilka yoki yo‘qlov, bitta banderol olish huquqiga ega.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni odatdagi saqlash sharoitlarida o‘tayotgan mahkumlar o‘z shaxsiy hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan mablag‘lardan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va bir marta qisqa muddatli uchrashuv, ikki marta telefon orqali so‘zlashuv, ikkita posilka yoki yo‘qlov, ikkita banderol olish huquqiga ega.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida o‘tayotgan mahkumlar o‘z shaxsiy hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan mablag‘lardan belgilangan eng kam ish haqining bir yarim baravarigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va ikki marta qisqa muddatli uchrashuv, uch marta telefon orqali so‘zlashuv, uchta posilka yoki yo‘qlov, uchta banderol olish huquqiga ega.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar, saqlash sharoitlaridan qat’i nazar, har kuni bir yarim soatgacha sayr qilish huquqiga ega.
138-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnatini tashkil etish
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnati odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida saqlanayotgan shaxslar uchun ish kameralarida tashkil etiladi.
139-modda. Rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 102-moddasi birinchi qismining ikkinchi—beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi. Jazoni o‘tashning yengillashtirilgan sharoitlariga belgilangan tartibda o‘tkazilgan mahkumlarga nisbatan rag‘batlantirish tartibida qo‘shimcha uchrashish yoki telefon orqali so‘zlashish imkoniyati ham berilishi mumkin.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 105-moddasi birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida belgilangan tartibni ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlar quyidagi tartibda:
yengillashtirilgan saqlash sharoitlaridan odatdagi yoki qattiq saqlash sharoitlariga;
odatdagi saqlash sharoitlaridan qattiq saqlash sharoitlariga o‘tkazilishlari mumkin.
140-modda. Afv etish to‘g‘risida iltimosnoma berish
Afv etish to‘g‘risida iltimosnoma berish va uni ko‘rib chiqish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin berilishi mumkin.
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning o‘n besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin berilishi mumkin”.
4-modda. Ushbu Qonun 2008-yilning 1-yanvaridan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 11-iyul,
O‘RQ-99-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)