|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2011
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “PAXTA TOLASINI XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI KORXONALARGA SOTISh MEXANIZMINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2005 YIL 19 OKTYABRDAGI 232-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “PAXTA TOLASINI RESPUBLIKANING IChKI ISTE’MOLChILARIGA SOTIShNI TAKOMILLAShTIRISh VA TO‘QIMAChILIK SANOATINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2007-YIL 21 NOYABRDAGI PQ-733-SON QARORI)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tolasini respublikaning ichki iste’molchilariga sotishni takomillashtirish va to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 21-noyabrdagi PQ-733-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 19-oktabrdagi 232-son qarori 2-bandining birinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 56-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Belgilab qo‘yilsinki, paxta tolasi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari hamda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali paxta tolasining ulgurji sotish narxida qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini schyot-fakturalarda ajratib ko‘rsatgan holda sotiladi”.
2. Ushbu qaror 2008-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 6-fevral,
22-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 6-7-son, 27-modda)